
✍️ «O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Jarayon» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bosqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov tomonidan Andijon viloyatida amalga oshirilgan ishlar xususida axborot berildi.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati, Shahrixon tumanida joylashgan 220 kV kuchlanishli "Saroy" podstansiyasida AT-2-125 MVA quvvatli avtotransformator o‘rniga 200 MVA quvvatli avtotransformatori o‘rnatilib, ishga tushirilgan edi.
⚙️ Buning natijasida podstansiyaning o'tkazuvchanlik quvvati 75 MVA oshirilib, umumiy o'tkazuvchanlik quvvat 400 MVA yetkazildi.
Radioboshlovchi — Muslima Murodova. Dasturni jurnalist O’rol Pardayev tayyorlagan.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining hisobot-ma’lumotnomalarini rasmiy veb-saytning “HISOBOTLAR” ruknidan o‘qib-tanishib olishingiz mumkin.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati