

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Haqiqat” podstansiyasida rejaga muvofiq joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Mazkur tadbirlar doirasida podstansiyaning 10 kV kuchlanishli shinalar tizimi (СШ-10 kV) to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, kontakt birikmalari mustahkamlandi, ulanish nuqtalari tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
⚙️ Shuningdek, T-1 kuch transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilib, uning texnik holati chuqur diagnostika qilindi, zarur profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida podstansiyaning ishonchlilik darajasi oshirildi, uskunalarning xavfsiz va sifatli ishlashi ta’minlandi hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yanada mustahkamlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!