2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
INNOVATSIYA AMALIYOTDA: Elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiya jarayonida qo‘llanilayotgan yangi ishlanmalar
  • 12.03.2026
  • 13

1. POLIETILEN TRUBALI TO‘SIQ

Yuqori kuchlanishli tarmoq o‘tkazgichlarini (simlarini) yirik qushlar axlatidan himoya qilish uchun o‘ylab topilgan yangi ishlanma — innovatsion g‘oya. Odatda yirik va mayda qushlarning axlati ifloslantirishi oqibatida izolyatsiya xususiyati yo‘qoladi va qisqa tutashuv sodir bo‘lib, tarmoq o‘chishiga olib keladi. Yangi ishlanma bu holatni bartaraf etishga xizmat qiladi.

 2.SOYABON SHAKLLI PLASTIK TO‘SIQ

Elektr uzatish tarmog‘i va izolyatorlarni qush axlatidan ifloslanishidan himoya qilishga mo‘ljallangan. Ushbu to‘siqlarni qushlar migratsiya yo‘nalishi hamda doimiy yashash hududlarida o‘rnatilishi orqali qushlar sababli elektr taʼminotida o‘chishlar soni kamayishiga erishiladi.

 3.AYLANIB TURUVCHI MOSLAMA

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Elektr uzatish liniyalari xizmati xodimlari tomonidan avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida qushlar qo‘nishiga qarshi moslamaning (to‘siq) yangicha ishlanmasi yaratildi. U shamol taʼsirida erkin aylanib turadi va elektr tarmoqlari tayanch ustunlariga qushlar qo‘nishiga xavfsiz hamda samarali taʼsir ko‘rsatadi.

 4.KUCHLANISH OSTIDA TOZALASH QURILMASI

Elektr qurilmalarni kuchlanish ostida (ifloslanishdan) tozalash qurilmasi bilan bog‘liq ishlanmalar chet davlatlarda keng qo‘llaniladi. Natijada elektr qurilmalarini o‘chirmasdan (rejim bo‘yicha o‘chirish imkoni kam bo‘lgan ulanmalarda) ifloslanish holatidan (chang, sement, kimyoviy aralashmalar va hokazolar) tozalash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu esa isteʼmolchilar elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish uchun xizmat qiladi.

 Ushbu axborot Energotizim va elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish departamenti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tayyorlandi 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati