

Prezidentimizning 2026-yil 26-fevral kunidagi yigʻilishida har payshanba "Yoshlar kuni" kuni deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Andijon tumanidagi 3-son texnikumda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali hamda "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali rahbariyati ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga sohada amaliyot o‘tash imkoniyatlari, zamonaviy kasb talablari hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvdan soʻng filial direktorlari "Yashil makon" umummilliy loyihasiga oʻz hissalarini qoʻshish maqsadida manzarali daraxtlar ekishdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali