

Joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va muammolarini o‘rganish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi e’lon qilingan edi.
✍️ Shu maqsadda “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori G‘ayrat Axmedov Zomin tumanidagi "Yuksalish" va "Gulshan" MFY hududlaridan o‘ziga biriktirilgan 20 nafar yoshlar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlash jarayoni, shuningdek oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun zarur tavsiyalar berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI