
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yil 13-14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Hashar doirasida:
▪️ mahallalar va xonadonlar;
▪️ ko‘p qavatli uylar atrofi;
▪️ guzar va xiyobonlar;
▪️ ziyoratgoh va qabristonlar;
▪️ ko‘chalar va bolalar maydonchalari obodonlashtiriladi va ko‘kalamzorlashtiriladi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari – ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish ishlari amalga oshiriladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati