2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: 35/10 kV kuchlanishli «Uzbekistanskiy» va "Suvsoz" podstansiyalarida texnik ishlar amalga oshirilmoqda
  • 13.03.2026
  • 16

Yakkasaroy tumani hududida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli «Uzbekistanskiy» podstansiyasidasida, Chilonzor tumani hududida 35/10 kV kuchlanishli "Suvsoz" podstansiyalarida rejalashtirilgan texnik ishlar amalga oshirilmoqda.

▪️ T-1 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilib, uskunalarning texnik holatini yaxshilash hamda ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida zarur profilaktik tadbirlar bajarilmoqda.

▪️ Shuningdek, podstansiya hududida bo‘yash ishlari ham olib borilmoqda. Ushbu ishlar elektr uskunalarining tashqi muhit ta’siridan himoyalanishini ta’minlash hamda obyektning texnik va estetik holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Maqsad: elektr energetika obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash, uskunalarning xizmat muddatini uzaytirish hamda elektr ta’minoti ishonchliligini yanada oshirish.

Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot