

Bugun, 2026-yil 13-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida yosh xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jamoada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida filialda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilib, unda yosh mutaxassislarning taklif va tashabbuslarini tinglash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yoshlar bilan rahbariyat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
⇒ Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tashabbuslari va kelgusidagi rejalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Bunday uchrashuvlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarning faolligini oshirish hamda ularning tashkilot rivojiga qo‘shayotgan hissasini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI