2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati Yuqori Chirchiq tumani hududidagi 5 gektar maydonda navbatdagi "Yashil belbog‘" bog‘i yaratmoqda
  • 14.03.2026
  • 18

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yashil belbog‘» bog‘ini yaratish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani “Saksonota” mahala fuqarolari yig‘ini hududidan 5 gektar yer ajratilgan edi.

✅  Shu maydonning 3 gektar qismiga 2 ming tup mevali daraxt, qolgan 2 gektariga manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shundan 2500 dona terak ko‘chatlari, 400 tup kashtan, 400 tup oqqayin va 300 tup vito daraxt ko‘chatlarini ekish nazarda tutilgan.

Aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» hamda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiallari xodimlari ishtirokida 1500 tup mevali daraxt ko‘chatlari barcha agrotexnik talablar asosida ekilmoqda.

⇒ Eslatib o‘tamiz, Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarorida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshirilishi hamda “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etilishi belgilangan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati