

Hurmatli yurtdoshlar va aziz ota-onalar! Bolalar va o‘smirlar podstansiyalar atrofi, transformator punktlari yaqini va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari "muhofaza maydoni"da o‘ynashi va varrak uchirishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Chunki, elektr qurilmalari, xususan podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari atrofi o‘yin va sport musobaqalari uchun o‘ta xavfli hudud hisoblanadi.
Iltimos, farzandlaringizni:
► Podstansiya va transformator punktlari yaqinida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang;
► Elektr simlari ostida va podstansiyalar yaqinida varrak uchirishiga ruxsat bermang;
► Uzilgan yoki osilib turgan elektr simlarga yaqinlashtirmang.
⚠️ Bolalar faqat maxsus o‘yin maydonchalarida va xavfsiz hududlarda o‘ynashi kerak.
Unutmang, elektr toki ko‘rinmaydi, ammo hayot uchun xavf tug‘diradi.
⚠️ Elektr yoki gaz tarmoqlarida nosozlik yoki xavfli holatni sezsangiz, zudlik bilan tegishli xizmatlarga xabar bering.
▪️Tez tibbiy yordam: 103
▪️Yong‘in xavfsizligi: 101, 112
▪️IIB (Ichki ishlar): 102
▪️FVV (Favqulodda vaziyatlar vazirligi): 1050
▪️Elektr tarmoqlari: 1154
▪️Gaz tarmoqlari: 1104
⇒ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashi uchun, muhofaza zonalarida ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish taqiqlangan.
Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati