2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.104.0: Aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi jonli efirda iste’molchilarga murojaat qilib, radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi
  • 19.03.2026
  • 16

«Yoshlar» radiokanalining  FM.104.0 to‘lqinlari to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan «Oqshomga qadar» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bosqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov telefon aloqasi orqali radioboshlovchi-jurnalist tomonidan berilgan dolzarb masalalarga izog berib, radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Radioboshlovchi — jurnalist Umida Hasanova.

Jonli efirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashi uchun, muhofaza zonalarida ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish taqiqlangani haqida eslatib o‘tildi.

⚡️ Bundan tashqari, bolalar va o‘smirlar podstansiyalar atrofi, transformator punktlari yaqini va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari "muhofaza maydoni"da o‘ynashi va varrak uchirishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, elektr qurilmalari, xususan podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari atrofi o‘yin va sport musobaqalari uchun o‘ta xavfli hudud  hisoblanishi iste’molchilarga ogohlantirish murojaati sifatida ma’lum qilindi. 

Ma’lumot o‘rnida: Elektr uzatish havo liniyalari "muhofaza zonasi" maydonida ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish; muqim va ko‘chma savdo rastalarini tashkil etish, chiqindixona tashkil etish, axlatxonalarni joylashtirish-yig‘ish; yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash, ularni saqlash va quyishni amalga oshirish taqiqlanadi

⚡️ Youtube’da ko‘rish

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati