2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati
ANDIJON VILOYATI: Navbatdagi "Rahbar va yoshlar” uchrashuvi umuta’lim maktabida o‘tkazildi
  • 19.03.2026
  • 16

Prezidentimizning 2026-yil 26-fevral kunidagi yigʻilishida har payshanba "Yoshlar kuni" kuni deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Baliqchi tumanidagi 45-maktabda "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

✅ Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar tomonidan yoshlarning qiziqishlari, mavjud muammolari va duch kelayotgan kamchiliklari atroflicha oʻrganildi. Ayniqsa, kasb tanlashda yoʻnalish berish, malaka oshirish kurslariga jalb etish hamda ularning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Uchrashuv yakunida filial direktori Obidov Baxtiyor Toxirovich yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida badiiy kitoblar sovgʻa qildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot