2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatining 100 nafar xodimi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malaka sertifikati sohibi bo‘ldi
  • 24.03.2026
  • 43

Avval xabar berganimizdek, Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlarining kasbiy bilim-ko‘nikmalarini oshirish, ularni xorijiy tajriba bilan tanishtirish hamda zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish maqsadida turli o‘quv-malaka kurslarini tashkil etish anʼanasi mavjud. 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalardan saralab olinib maʼlum muddat yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘z bilim-malakasini oshirgan 100 nafar xodimlarga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu sertifikat xodimlarning yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish ko‘nikmalari — bilim -salohiyati yetarli ekanini tasdiqlaydi va ish joyida xavfsiz muhitni taʼminlashga masʼulligini anglatadi.

✔️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining katta o‘qituvchisi Sh.B.Asamov  yong‘in xavfsizligi kursini muvaffaqiyatli tugatgan mutaxassislarga sertifikat yorliqlarini topshirdi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati