

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli L–Ayratom-1 havo elektr uzatish tarmog‘ining 107-sonli tayanch ustindan 115-sonli ustunlargacha keng ko‘lamli texnik tadbirlar — joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan, tayanch ustunlarga jami 27 dona qushlar qo‘nishiga qarshi maxsus to‘siqlar hamda 27 dona soyabonlar o‘rnatildi.
Shuningdek, 109, 111 va 113-sonli ustunlarda mavjud izolyatorlar yangisiga almashtirildi. Yaroqsiz holga kelgan PS-70 rusumli izolyatorlar o‘rniga zamonaviy va ishonchli PSD-70E turdagi izolyatorlar o‘rnatildi.
⚡️ Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI