2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Bugun, 2026-yil 27-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Zoom platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi
  • 27.03.2026
  • 4

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”PF-270-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash tizimiga, shu jumladan, reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlariga kiritilgan bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari masʼul xodimlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi. 

✔️ Ushbu seminarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i  hamda bosh mutaxassisi ham ishtirok etdi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati