2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: Podstansiyalarda ta’mirlash va kamchiliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi
  • 30.03.2026
  • 6

“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli bir qator podstansiyalarda reja asosida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borildi.  Jumladan, 35/10 kV kuchlanishli “Keriz” podstansiyasida mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.

⚙️ Shuningdek, mazkur energetika obyektida 1000 kVa quvvatga ega T-1 kuch transformatorlarini 2500 kVa quvvatli transformatorga almashtirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari bajarilib, ta’mirlash jarayonida transformatorda kerakli texnik tadbir ishlari bajarildi. 

Ushbu texnik tadbirlar elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash va taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror elektr ta’minoti yetkazib berishga xizmat qiladi.

⚡️  Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️ «NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/NavoiyMET_Axborot