

Bugun, 2026-yil 30-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda Zoom platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-fevraldagi “Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 44-son qarori va qarordagi Nizom talablarini tushuntirishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari masʼul xodimlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.
✅ Ushbu seminarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i hamda bosh mutaxassisi ishtirok etdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati