

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Nurota” podstansiyasida rejali joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar doirasida podstansiya uskunalarining texnik holatini yaxshilash hamda ularning ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Xususan, transformatorlar holati to‘liq tekshiruvdan o‘tkazildi, izolyatorlar farqi bo‘yaldi, moyli o‘chirgichlarning moyi almashtirildi hamda 10 kV kuchlanishli shinalar tizimi artib tozalandi.
⚡️ Amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, avariya holatlarining oldini olish hamda uskunalarning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/SirdaryoMET_Axborot