

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida yoshlar siyosati borasida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
⚡️Misol uchun, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari tomondan ishchi-xodimlari o‘rtasida sport o‘yinlari tashkil etildi.
Yuqori kuchlanishli tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislardan iborat jamolar hamda yakka tartibda sportning shashka, shaxmat, mini futbol, stol tennisi, arqon tortish turlari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bahs olib borishdi. Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✍️ SH.A.Murodov, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar yetakchisi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️ «NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/NavoiyMET_Axborot