

Payshanba — 2026-yil 2-aprel kuni “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori G‘ayrat Gaibovich Ahmedov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tadbiri doirasida 500 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 220/110/10 kV kuchlanishli “Zafarobod” raqamli podstansiyasiga press-tur uyushtirildi.
► Uchrashuv davomida 500 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 220/110/10 kV kuchlanishli “Zafarobod” raqamli podstansiyasi faoliyati bilan tanishtirildi, shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tashabbuslari va kelgusidagi rejalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Bunday uchrashuvlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarning faolligini oshirish hamda ularning tashkilot rivojiga qo‘shayotgan hissasini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
► Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilib, unda yosh mutaxassislarning taklif va tashabbuslarini tinglash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI