

Bugun, 2026-yil 5-aprel kuni poytaxtimizning markaziy ko‘chalarida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «International Tashkent Marathon – 2026» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda xodimlari faol ishtirok etmoqda.
✅ Tonggi soatlarda 42 km 195 metr masofani oʻz ichiga olgan marafon dasturi ishtirokchilari bahslarga kirishdilar. Natija quyidagicha: Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, yarim marafon boʻyicha milliy rekord sohibi JGʻMHO harbiy xizmatchisi leytenant Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) marrani 2 soat 16 daqiqa natija bilan birinchi bo’lib kesib o’tdi va g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Marafon doirasida turli yosh va tayyorgarlik darajasiga ega ishtirokchilar uchun quyidagi yo‘nalishlar tashkil etilgan va ayni partda bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda:
♦ 42 km — to‘liq marafon (start 6:00)
♦ 21 km — yarim marafon (start 7:30)
♦ 10 km yugurish (start 9:00)
♦ 5 km yugurish (start 11:00)
♦ 3 km — skandinavcha yurish va ommaviy yugurish (start 11:15)
♦ 2 km — inklyuziv yugurish (start 11:30)
♦ Kids Run — bolalar uchun: 1 km, 600 m, 400 m (start 12:15)
Ma’lumot o‘rnida: 8 yildan buyon ketma-ket tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sport tadbiri bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik ommaviy sport musobaqalaridan biriga aylandi.
⚡️ Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilda marafonda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 15 000 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashishmoqda. Ular orasida energetiklarning borligi biz uchun faxr.
✍️ Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati