2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli "Yulduz" podstansiyasida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 06.04.2026
  • 19

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 220/110/10 kV kuchlanishli "Yulduz" podstansiyasidagi quvvati 250 MVA avtotransformatorida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

⚡️ Olib borilgan ishlar quyidagilardan iborat:

♦ Kuch transformatori (AT-1-250 MVA) texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;

♦ Kuch transformatori va transformatorning kiritkichlari (ввод) laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi;

♦ Kuch transformatorining releli himoya va avtomatika tizimi tekshirildi;

♦ Shinalar tizimidagi izolyatorlar tozalandi;

♦ 10 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta’mirlash ishlari olib borildi.

⚡️ Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot