2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Bulung‘ur tumanida joylashgan energetika obyektida texnik ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 06.04.2026
  • 20

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Bulung‘ur” podstansiyasida V-Kildon fiderida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jarayon davomida releli himoya qurilmalari tekshirilib, ularning ishonchli ishlashi ta’minlandi.

⚙️ Shuningdek, V-Kildon (S-35M) hamda V-T1-35 qurilmalarida bo‘yash ishlari bajarilib, uskunalarning texnik holati yaxshilandi va ularning uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlandi.

⚡️  Bundan tashqari, A fazada boltli ulanish qismida aniqlangan kontakt qizishi bartaraf etildi. Ushbu nosozlikni o‘z vaqtida yo‘qotish orqali avariyaviy holatlarning oldi olindi.

Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot