2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Tenderlar
Diqqat! Tender tanlovi uchun e’lon!
  • 06.04.2026
  • 13

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (keyingi o‘rinlarda - OIIB) ishtirokida moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi elektr energiyasini uzatish tizimining barqarorligini oshirish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida loyihani baholash hujjati (LBH) va konsepsiya ishlab chiqish uchun xalqaro konsultant kompaniya yollash uchun xalqaro tender tanlovi asosida takliflar qabul qilinmoqda. Barcha qiziqish bildirgan tashkilotlar tanlovda ishtirok etishi mumkin.

 

 Quyida batafsil ma’lumotlar keltirilgan:

Loyiha nomi

“O‘zbekiston Respublikasi elektr energiyasini uzatish tizimining barqarorligini oshirish”

Mamlakat

O‘zbekiston

Tashabbuskor

“O‘zbekiston MET” AJ

Xarid turi

Loyihani baholash hujjati va konsepsiya ishlab chiqish uchun konsultant xizmatlari

Sektor

Energetika

E’lon qilingan sana

03/04/2026

 E’lon yopilish sanasi:

24/04/2026

 

1. Moliyalashtirish xaqida ma’lumot

         “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mazkur loyihani Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (OIIB) grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.

2. Xarid qilish faoliyati to‘g‘risida ma’lumot

         Tender savdolari bankning xarid qilish siyosati va qoidalari bilan tartibga solinadi, bu har qanday mamlakatdan tashkilotlarning ishtirok etishiga imkon beradi (agar tender hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa).

Konsultant kompaniya uchun texnik topshiriq hamda qiziqish bildirish uchun so‘rov (REOI) OIIB elektron saytida quyidagi havola orqali e’lon qilingan:

https://www.aiib.org/en/opportunities/business/project-procurement/list.html

3. Mijozning aloqa ma‘lumotlari

Barcha arizalar pieneguprojects@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi

Biz bilan bog’lanish uchun:

 

Tashkilot

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

 

Manzil

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100084, Osiyo ko‘chasi, 42-uy

 

Telefon

+998 71 236-66-45

 

Elektron pochta

pieneguprojects@gmail.com

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati