

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110/10 kV kuchlanishli “Mikrorayon” podstansiyasida T-2 transformatorida aniqlangan moy sizib chiqish holati bartaraf etildi. Nosozlik o‘z vaqtida aniqlanib, zarur texnik choralar ko‘rildi hamda uskunaning me’yoriy ishlashi tiklandi.
⚙️ Shuningdek, OD-KZ-T2-110 qurilmasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jarayon davomida releli himoya qurilmalari tekshirildi hamda sinov ishlari o‘tkazildi.
Transformator baki qismida bo‘yash ishlari bajarilib, uskunaning tashqi holati yaxshilandi va uni uzoq muddat samarali ishlashi ta’minlandi.
⚡️ Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI