2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 500 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
  • 07.04.2026
  • 14

► Mazkur o‘quv mashg‘ulotidan ko‘zlangan asosiy maqsad — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor harakat qilish, kuch va vositalarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda avariya holatlarini qisqa fursatda bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirishdan iborat bo‘ldi.

► Mashg‘ulot davomida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda holatga tegishli xizmatlar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarildi. Elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish, avariya oqibatlarini kamaytirish hamda hududda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va kelgusida ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot