2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Elektr tarmoqlarida rejali texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 08.04.2026
  • 38

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli “Nasos-2” elektr uzatish havo tarmog‘i rejali texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

⚡️ Ko‘rik jarayonida aniqlangan kamchiliklar asosida nuqsonli izolyatorlar yangisiga almashtirilib, foydalanish davomida ifloslangan izolyatorlar esa tozalandi. Ushbu ishlar natijasida tarmoqning texnik holati yaxshilanib, uning ishonchliligi sezilarli darajada oshirildi.

⚡️ Amalga oshirilgan tadbirlar iste’molchilarga ishonchli elektr energiyasini  yetkazib berish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, profilaktik nazorat ishlari muntazam davom ettirilib, elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashi ta’minlanmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot