

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1050-sonli qarori talablariga muvofiq, elektr uzatish havo tarmoqlarining "muhofaza zona"larida noqonuniy bino va inshootlar qurilishining oldini olish hamda elektr xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududlarda muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, 2026-yil 8-aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, "Neftchi" mahalla fuqarolari yig‘inida "Qashqadaryo MET" filiali, Qarshi shahri kadastir palatasi, Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasining rahbar mutaxassislari hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda 110 kV kuchlanishli Markaziy-1 va Markaziy-2 elektr uzatish havo tarmoqlari o‘tgan hududlarda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida "muhofaza zonalari"da qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlangani, elektr tarmoqlarining xavfsizlik talablariga rioya qilish zarurligi, noqonuniy qurilishlarning oldini olish va amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI