

Bugun, 2026-yil 9-aprel kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.A.Nazirov ochi berib, "Temur tuzuklari" asarinig tarixiy ahamiyati va davlat boshqaruvi yo‘nalishida hanuzgacha katta qiziqish bilan o‘rganilatyotgani e’tirof qildi.
Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli ijodkor va olima, falsafa fanlari doktori Shahlo Ahrorova ham ishtirok etib, Amir Temur shaxsi va uning Markaziy Osiyo davlatlarining davlatchilik tarixidagi ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Ayniqsa, Temuriylar davlatidada ilm-fan va ijod ahli uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berib, JASORAT mavzularida fikr-mulohazalar bildirdi.
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati