2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“Boshqaruv raisi kubogi-2026” sport musobaqasiga start berildi
  • 11.04.2026
  • 7

Joriy yilning 7-aprel sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yigʻilishida Davlatimiz rahbari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi  islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surib, davlat tashkilot va idoralariga bir qator vazifalar qo‘ydi.

⚡️  Shu munosabat bilan, energetika sohasi yosh muhandislari ishtirokidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari targ‘ibotini kichaytirish maqsadida, mavjud anʼanaga sodiq qolgan holda, bugun va ertaga Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi  “Energetiklar sihatgohi” dam olish maskanida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati “Boshqaruv raisi kubogi-2026” sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kecha qurʼa tashlash, guruhlararo saralash bosqich o‘yinlari o‘tkazildi. 

⚽️ Musobaqalarda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mutaxassislari, shuningdek, magistral elektr tarmoqlari filiallaridan 18 ta sport jamoalari ishtirok etishmoqda. 

✔️ Eslatib o‘tamiz, musobaqa o‘yinlarini O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasidan taklif etilgan hakamlar boshqarib, musobaqa Birlashgan kasaba uyushuma qo‘mitalari homiyligida tashkil etilgan. 

✍️ Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati