2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini indeksining yakuniy natijalari
  • 13.04.2026
  • 3

2025-yilda ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati 43 taga yetkazildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan idoraviy hujjatlarni qabul qilishda ochiqlikni taʼminlash tamoyiliga qatʼiy rioya qilinishi ustidan taʼsirchan nazorat o‘rnatish mexanizmlari yanada takomillashtirildi.

► 2025-yilda Parlament palatalarining barcha majlislari va hududiy Kengashlar tomonidan o‘tkazilgan 559 ta sessiyalar, shuningdek, ilmiy kengashlarning 2.079 ta doktorlik ilmiy darajalari himoyasi jarayonlari telekanallar va Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatildi.

► Davlat idoralari va tashkilotlarining ochiqlikka masʼul bo‘lgan 146 nafar xodimlari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida 7 ta o‘quv kurslari tashkil etildi.

Agentlikning davlat xizmatchilarini onlayn rejimda o‘qitishga mo‘ljallangan “E-learning” elektron platformasidagi interaktiv modullar soni 14 taga yetkazildi.

⇒ Mazkur platforma orqali davlat idoralarining 1320 nafar (820 nafar respublika va 500 nafar mahalliy) xodimlari o‘qitilib, ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

⇒ PF-154-son Prezident Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi 2022-yildan boshlab har yili  “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.

2025-yil yakunlari bo'yicha o‘tkazilgan bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.

 ✔️ Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

2022-yildagi, yaʼni ilk  baholash ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, “sariq” toifadagilar 2 barobar va “qizil” toifadagilar 3 barobarga kamaygan.

⚡️ Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.

♦ Respublika darajasidagi tashkilotlardan — O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etib, “qizil” toifada baholandi.

Agentlik tomonidan kelgusida baholash jarayonlarini quyi tizimlarda ham amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Jumladan, 2026-yil 2-yarmidan sinov tariqasida Navoiy viloyatining tuman va shahar hokimliklari, tashkilotlari faoliyati ochiqligi darajasini index.anticorruption.uz platformasida baholash rejalashtirilmoqda.

✍️ Manba  

‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati