

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ hamda xalqaro konsalting kompaniyasi — PwC hamkorligida moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirishga qaratilgan ERP FI IFRS mavzusida onlayn trening o‘tkazildi.
Mazkur trening davlat ulushi mavjud korxonalarda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy ERP tizimlari orqali moliyaviy jarayonlarni transformatsiya qilishga qaratilgan keng qamrovli bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
Trening davomida ERP tizimlarini joriy etishning strategik ahamiyati, IFRS talablariga mos moliyaviy hisobotlarni shakllantirish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va shaffoflikni oshirish hamda yirik transformatsiya loyihalarida risklarni boshqarish masalalari batafsil yoritildi.
Alohida ta’kidlanganidek, ERP transformatsiyasi nafaqat texnologik yangilanish, balki korxonalarda boshqaruv yondashuvlarini tubdan o‘zgartiruvchi strategik jarayon hisoblanadi. Mazkur trening orqali ishtirokchilar xalqaro tajriba asosida ERP tizimlarini joriy etish, moliyaviy hisobotlarni optimallashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdilar.
Ushbu tashabbus mamlakatimizda davlat korxonalarini transformatsiya qilish, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xalqaro moliya bozorlariga integratsiyasini jadallashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
✍️ Axborot Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limi taqdim etgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati