

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida “Elektr energetika sohasida mehnatni muhofaza qilishning boshqaruv tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq har oyning ikkinchi seshanba kuni “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ish olib borish, mehnat sharoitini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbiriga Filial tomonidan buyruq asosida mas’ullar biriktirilib, “O‘zbekiston”, “O‘zgarish”, “Povulg‘on”, “Farg‘ona”, “2-A” va “Sokin” podstansiyalari guruh hamda xizmat bo‘limlarida joyiga chiqqan holda nazorat va tushuntirish ishlari amalga oshirildi:
⚡️ 2026-yil davomida ushbu tadbirlar doirasida “Farg‘ona MET” filiali xizmat, guruh va podstansiyalarida xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaldagi qonun-qoida, yo‘riqnoma va standartlarga rioya etilishini taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling