
⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Kapital qurilish va umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi.
❗️TALABLAR: Oliy ma’lumotli, energetika qurilish-montaj sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, smeta hujjatlarni tekshirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi; Qurilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal bilishi lozim; Mukammal ta’mirlash, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha smeta hujjatlarini tekshirish hamda normativ-huquqiy hujjatlarga asosan tegishli xulosalar bera olish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
▪️ Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilinadigan nomzod kapital qurilish va umumiy ishlar yo‘nalishida korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishni amalga oshiradi.
▪️ Nomzod o‘z faoliyati davomida elektr energetika obyektlarida (35–110–220–500 kV kuchlanishli podstansiyalar hamda elektr uzatish tarmoqlari) olib boriladigan kapital qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi hamda ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlaydi.
▪️ Shuningdek, loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, bajarilgan ishlarning hajmi va sifatini nazorat qilish, ularni belgilangan tartibda qabul qilish jarayonlarini tashkil etadi.
▪️ Bundan tashqari, umumiy xo‘jalik ishlari, moddiy-texnik ta’minot, bino va inshootlardan samarali foydalanish hamda ularning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
❇️ MANZIL: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 3-mavze, O'zbekiston shoh ko‘chasi, 2-uy. Mo‘ljal: «Guliston ekstrakt yog‘» AJ korxonasi yonida.
Murojaat uchun: 67-226-55-29, 97-277-88-82.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
▪️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
▪️Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!