

Yurtimizda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targ‘ib etish maqsadida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” deb e’lon qilingan.
✍️ Batafsil
Shu munosabat bilan “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi ushbu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xodimlar har juma kuni milliy liboslarda ish faoliyatini olib borib, o‘zbekona an’analarimizga hurmat va e’tibor namoyon etmoqdalar.
Milliy liboslar — bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning boy tarixi, madaniyati va o‘ziga xosligini aks ettiruvchi bebaho merosdir.
Filial jamoasi ushbu ezgu tashabbus orqali milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamoada birdamlik va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali — milliy qadriyatlarga sodiq va har doim faol jamoa!
Milliyligimiz — faxrimiz!
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!