2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BRIFING: 2025/2026-yil kuz-qish mavsumi davomida magistral elektr tarmoqlarida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi-Facebook (Online)
  • 20.04.2026
  • 35

Facebook (Online) 

Barchangizga maʼlum, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga, yaʼni 2025-yilning 1-oktabr sanasidan joriy yilning 1-aprel sanasiga qadar davom etgan, 6 oy davomida yuqori ko‘rsatkichli isteʼmol hajmiga ega bo‘lgan mavsumga tayyorgarlik ishlari sarhisobini 2025-yil 30-sentabr kungi matbuot anjumanida eʼtiboringizga havola etgan edi. Hisobot matnlari va matbuot anjumanining videolavhasi tadbir o‘tkazilgan sana bilan rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoq sahifalariga yuklangan edi.

Bugungi brifingda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobini ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etamiz.

MATBUOT ANJUMANI: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025/2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi (2025 yil 30 sentyabr, seshanba, soat 11:00)

https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/7241

https://www.youtube.com/watch?v=2oeb3OsvS78

Mavsum davomida, yaʼni 2025-yilning 1-oktabr sanasidan joriy yilning 1-aprel sanasiga 4906 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari, 1257 ta transformator, 1529 ta komutatsion apparatlarda taʼmirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, transformatorlarning sovitish tizimlari tekshirilib, mavsum davomida 10 ta dvigatel taʼmirlanib, joyiga o‘rnatildi.

Barcha elektr uzatish havo tarmoqlari navbatdan tashqari va davriy ko‘rigidan o‘tkazildi hamda taʼmirlash ishlari davomida 5000 tadan ortiq izolyator va 940 dona himoya moslamalari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, 73 ta podstansiya elektr qurilmalarning kontakt birikmalari hamda 3420 km elektr tarmoqlarida to‘liq teplovizor ko‘rigi o‘tkazilib, aniqlangan qizishlar o‘z vaqtida bartaraf qilindi.

Shuningdek, taqsimlash tarmoqlarining 850 km tarmog‘ida teplovizor ko‘rigi o‘tkazildi. Shu jumladan, 45 km elenktr uzatish tarmoqlari uchuvchisiz uchish apparati (dron) bilan nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Hurmatli isteʼmolchilar, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish maqsadida 2025/2026 yil kuz-qish mavsumi davomida 22 ta podstansiyada jami 136 MVA (megavolt•amper) qo‘shimcha quvvat zaxirasi yaratildi.

2025 yilning 1-oktyabr sanasidan 2026-yilning 1-aprel sanasigacha 43 473,6 mln. kVt∙soat elektr energiyasi taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berildi. Shuningdek, 704 397,1 ming kVt∙soat elektr energiyasi xalqaro tranzit majburiyati bajarildi.

Favqulodda o‘chishlar soni kuz-qish mavsumida 37 marotabani tashkil etdi. Har bir avariyali o‘chish, uning asosiy sabablari hamda isteʼmolchilarga boshqa manbalar orqali kuchlanish berilgani, shu bilan birga elektr taʼminotining meʼyoriy sxemasi tiklangani «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilib borildi.

Ayni paytda mavzumda sodir bo‘lgan o‘chishlar, ularning sabablari tahlil qilinib, tegishli chora-tadbirlar qo‘llanilib, joriy yilning yuqori isteʼmol hajmi kutilayotgan yoz mavsumi hamda 2026/2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Hurmatli isteʼmolchilar, batafsil maʼlumotlar bilan siz Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida tanishishingiz mumkin.

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!

♦ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

♦ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

♦ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

♦ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

♦ X: https://x.com/uzbekistonmet

♦ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

♦ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208

♦ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

♦ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi

♦ Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6

⇒ Veb-sayt arxiv sahifalari (2019–2024-yillar) https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

► MVA — megavolt•amper

► MVt — megavatt

► GVt — gigavatt

► kV — kilovolt

► kVt — kilovatt