
Diqqat, eʼlon! Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkaziladi!
Maʼlumki, barcha texnik-muhandislik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalar o‘z personalining bilim-saviyasini oshirib borish uchun muntazam ravishda o‘quv-malaka kurslari, xorijiy hamda mahalliy murabbiylar ishtirokida malaka oshirish dasturlari, o‘quv mashg‘ulotlari, xavfsizlik texnikasi oyligi doirasida turli tadbirlar o‘tkazib borishadi.
✅ Maqsad bitta — xavfsiz mehnat sharoiti yaratish va mehnat samaradorligini oshirish.
⚡️ Xuddi shu kabi ishlar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham doimiy ravishda amalga oshirib boriladi. Misol uchun, VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI — uzbekistonmet.uz nomli telegram kanali tashkil etilgan. Unda Aksiyadorlik jamiyatimiz mutaxassislari turli yo‘nalishdagi mavzularda videodarslar o‘tib, keyin ulardagi bilimlarni mustahkamlash uchun test topshiriqlarini eʼlon qilib borishmoqda.
► Shuningdek, rasmiy veb-saytimizda “TARMOQ ILMIY-TEXNIK KENGASHI” nomli rukn taʼsis etilgan bo‘lib, unda Aksiyadorlik jamiyatining ilmiy kengashlar hamda oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorligiga oid maʼlumotlar yuklanib boriladi.
► Magistral elektr tarmoqlari filiallarida muntazam ravishda o‘tkazib kelinadigan “Maxsus o‘quv-taktik mashg‘ulotlar”, “Xavfsizlik texnikasi oyligi”, “Yong‘in xavfsizligi oyligi”, “Xavfsizlik texnikasi kuni” nomli qator tadbirlar yuqoridagi fikrimiz isboti.
Ammo...
Bilim-malaka oshirishida inson omili, yaʼni uni o‘z ustida ishlashi, bilim-ko‘nikmalarini oshirib borishga intilishi — yakuniy maqsad natijasiga katta taʼsir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. Shu bois, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan IJTIMOIY SO‘ROV o‘tkazilib, mutaxassislar uning natijasiga qarab o‘z faoliyatining samardorligini oshirish niyatidalar.
⁉️ So‘rov anonim ravishda bo‘lib, bir savolga bir nechta javob berib ishtirok etish mumkin, ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlar saqlanmaydi, faqat ijtimoiy so‘rov natijalari tahlil qilinib, kelgusidagi ish-rejalarga tahrir kiritilishi mumkin.
❗️Aksiyadorlik jamiyatining barcha ishchi-xodimlarini ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz.
♦ ANONIM SO‘ROVNOMADA ISHTIROK ETISH UCHUN SHU HAVOLANI BOSING


‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati