
Ertaga, 22-aprel kuni soat 00:00 dan soat 05:00 gacha Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Olmazor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli «Sagʻbon» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Olmazor tumanining: «Islom ota», «Qichqiriq», «Oltinsoy», «Paxta», «Chuqursoy», «Yangi Toshkent», «Moyariq», «Ahil», «Elparvar», «Bo'stonobod», «Tabassum», «Tepaguzar», «Istiqbol», «Shodiyona», «Gʻalaba» hamda «Beruniy» MFYlarining ayrim hududlarida.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
Mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!