

Bugun, 23-aprel kuni payshanba — "Yoshlar kuni" doirasida "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori Zafar Rashidovich Boltayev hamda Qarshi shahar prokurori Sobirjon Nomozovich Temirov bilan birgalikda Qarshi shahridagi 43-umumta’lim maktabi o'quvchilari bilan ochiq muloqot o'tkazishdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganib kerakli haqidagi maslahatlar bilan bo‘lishishdi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI