2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
INNOVATSIYA AMALIYOTDA: Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlov bo‘linmalari uchun yangi ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
  • 24.04.2026
  • 7

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlov bo‘linmalari uchun zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan hamda qo‘riqlash va xavfsizlikni ta’minlashda zarur bo‘lgan yangi ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

✅ Taqdimotda shu sohada faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari hamda Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ishtirok etishdi.

⇒ Eslatib o‘tamiz, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida 60 341 МВА to’la quvvatga ega 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli 1672 ta podstansiyalar mavjud bo‘lib, ularda malakali idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlov bo‘linmalari xodimlari mehnat faoliyati yuritadi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati