2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Diqqat, e’lon! “ENG YAXSHI KORPORATIV LOGOTIP” ichki tanlovi o‘tkaziladi!
  • 24.04.2026
  • 31

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy logotipini ishlab chiqish bo‘yicha “ENG YAXSHI KORPORATIV LOGOTIP”  tanlov o‘tkazish tartibi va shartlari e’lon qilindi. Yaratiladigan logotipda albatta barcha harflari bosh xarflar bilan yozilgan “NEGU” (National Electric Grid of Uzbekistan) abbreviaturasi bo‘lishi shart. Ushbu yozuv kompozitsiyaning markaziy qismida yoki uning ajralmas elementi sifatida ifodalanishi lozim.

Mazkur tanlov Jamiyatning zamonaviy korporativ imijini shakllantirish, vizual identifikatsiyasini yangilash hamda xodimlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Tanlov komissiyasining yakuniy qaroriga asosan eng yuqori ball to‘plagan va g‘olib deb topilgan loyiha muallifi (yoki ijodiy jamoasi) 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

G‘olib deb topilgan loyihaga nisbatan barcha mutlaq egalik huquqlari (foydalanish, ko‘paytirish, tarqatish, namoyish etish, qayta ishlash va tijorat maqsadlarida qo‘llash) mukofot puli to‘langan vaqtdan boshlab to‘liq va muddatsiz ravishda “O‘zbekiston MET” AJ ixtiyoriga o‘tadi. Muallif va Jamiyat o‘rtasida mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolanadi.

Batafsil ma’lumotlar Nizomda taqdim etilgan (pdf)

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat