

Bugun, 2026-yil 29-aprel kuni soat 15:00 dan 15:30 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) chuqur kasbiy bilim, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan xodimlarning o‘sishi, kadrlarning qo‘nimsizligini oldini olish hamda salohiyatli, shu bilan birga, mehnat samaradorligi yuqori bo‘lgan xodimlarni bir nechta daraja yuqori lavozimga o'tkazish yuzasidan suhbat o‘tkazdi.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati