2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati (Sport targ’iboti)
Energetiklarning navbatdagi sport musobaqasi Qashqadaryoda bo‘lib o‘tmoqda
  • 30.04.2026
  • 3

Joriy yilning 7-aprel sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi hamda davlat tashkilot va idoralariga yoshlar bilan ishlash va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

⚡️ Shu munosabat bilan, energetika sohasi yosh muhandislari ishtirokidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, jismoniy tarbiya va sport o‘yinlarini keng targ‘ib etish maqsadida, mavjud an’anaga muvofiq "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filialida sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa joriy yil 28-aprel sanasida start oldi. Dastlab tumanlar kesimida saralash bosqichlari o‘tkazilib, final o‘yinlari 8-may kuni "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filialida bo‘lib o‘tadi. Qur’a tashlashdan so‘ng guruh bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

⚽️ Musobaqalarda Filial rahbariyati va mutaxassislari, shuningdek, podstansiya xodimlaridan iborat jami 17 ta jamoa tumanlar kesimida ishtirok etmoqda.

⇒ Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI 

https://t.me/QashqadaryoMET