2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 500 kV kuchlanishli L-510 elektr uzatish havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 01.05.2026
  • 23

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida bajarilgan ish jarayonida: liniyadagi simarqonlar oralariga simlarni bir-biridan ajratib turuvhchi tirgak (rasporka) o‘rnatish, RG-400 turdagi tortib turuvchi troslarni tortish va sozlash, shuningdek, ularni ta’mirlash ishlari bajarildi.

⚡️  Mazkur texnik tadbirlar elektr uzatish tarmog‘ining mexanik mustahkamligini oshirish, simlar orasidagi me’yoriy masofani saqlash hamda liniyaning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

⚡️Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda olib borilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot