2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BIR ASR: Milliy energetika
  • 01.05.2026
  • 18

#Bir_asr
#Milliy_Energetika

BIR ASR: Milliy energetika

⁉️ O‘ZBEKISTONDA O‘RNATILGAN DASTLABKI TRANSFORMATOR BUDKALAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

⚡️  Bugungi hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi...

⚡️ Buni qarangki, Turkiston o‘lkasiga elektr ta'minotining dastlabki uskuna-jihozlari, umuman olganda ushbu atamaning o‘zi ham XX asrning boshlarida kirib kelgan.

⇒ 1917-yilgacha Chor Rossiyasi mustamlakasi ostida bo‘lgan O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 3,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

⇒ 1920–1930-yillarga kelib dizel yoqilg‘isida ishlaydigan elektr stansiyalari Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda qurilgan.

⇒ 1926-yilning 1-may sanasidan «Bozsuy» gidroelektr stansiyasi ishga tushirilgan. Suratdagi transformator budka aynan shu gidroelektr stansiyaga xizmat qilgan.

▶️ Batafsil 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati