

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati Chust ustachilik bo‘lagi mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Olmos” podstansiyasida muhim ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli bajarildi.
⚡️ Mazkur ishlar doirasida podstansiyaning texnik holatini yaxshilash, ishonchli va uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash asosiy maqsad qilib olindi.
Ta’mirlash jarayonida:
▪️ podstansiyaning estetik holati yaxshilandi, hudud tartibga keltirildi;
▪️ elektr qurilmalaridagi dispetcherlik atamalari qayta yozilib, yangilandi;
▪️ jihozlar ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning samarali ishlashi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
⇒ Ushbu bajarilgan ishlar natijasida yuqori kuchlanishli energetika obyektining ishonchliligi va xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/NamanganMET_Axborot