
Bugun soat 19:53da Toshkent shahridagi L-Botanika-1 va L-Botanika-2 elektr uzatish tarmoqlari himoya tizimi ishlashi oqibatida o‘chgani sababli poytaxtimizning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Qibray tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Nosozliklar tezda bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 21:30 da L-Botanika-1 elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berilib, isteʼmolchilarning bir qismi elektr taʼminoti tiklandi.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 22:09 da “Limonchi” podstansiyasi meʼyoriy ish sxemasi tiklanib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Navbatchi brigada aʼzolari tomonidan L-Botanika-1 va L-Botanika-2 elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozlikni bartaraf etish jarayonlari aks etgan suratlar.
⇒ Eslatib o‘tamiz, “Limonchi” podstansiyasi meʼyoriy sxemasi tiklanib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati