

Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansidagi magistral elektr tarmoqlari uchunchisiz qurilma (dron) yordamidan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.
✅ Yurtimizda mo’tadil ob-havo sharoiti hukmron bo‘lgan shu kunlarda, aniqrog‘i, joriy va mukammal ta’mirlash hamda mavsumiy tayyorgarlik yuqori sayr’atlarda davom etayotgan bahor faslida — kuz-qish mavsumida o‘ta yuklama bilan ishlagan tarmoqlardagi nosozliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish maqsadida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklarini tezkor va samarali tashkil qilish muhim vazifa hisoblanadi.
► Misol uchun, mutaxassislar tomonidan Buxoro viloyati hududidan o‘tgan 500 va 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari dron-teplovizor ko‘rigidan otkazib, aniqlangan kamchiliklar ta’mirlash brigadalari tomonidan bartaraf etildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati