2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE: Ayni paytda Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining adabiyotshunos olim RAHMON QO‘CHQOR bilan maʼrifiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda
  • 06.05.2026
  • 5

✔️ "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining tashabbusi bilan bugun — 2026-yil 6-may kuni soat 11:00 da Aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida navbatdagi maʼrifiy uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Taniqli olim, zukko adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi, Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) dotsenti, “Shuhrat” medali sohibi, adabiy-tanqidiy maqolalar hamda dolzarb ijtimoiy-maʼnaviy mavzulardagi publitsistik asarlar muallifi RAHMON QO‘CHQOR ishtirokida davra suhbati  bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️  Tadbirda, “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, keng qamrovli mavzular: milliy o‘zligimiz, buyuk ajdodlardan meros davlatchiligimiz, ozodlik yo‘lidagi qurbonlar, jadid bobolar orzusi, shuningdek, Vatan hamda Mustaqillik singari ulug‘vor tushunchalarning asl mohiyatiga eʼtibor qaratilib, ochiq muloqotdagi fikr-mulohazalar Vatanga mehr, Adabiyotga oshnolikka da’vat qilmoqda! 

Ayni paytda uchrashuvning savol-javoblar qismi qizg’n bahs-munozara bilan davo etmqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati