

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-fevral kuni yoshlar bilan uchrashuvda bergan topshiriqlariga muvofiq, haftaning har payshanba kuni — “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqot uchrashuvlarini tashkil etish belgilangan. 2026-yil 30-aprel kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar tomonidan bildirilgan bir nechta taklif va iltimoslar qo‘llab-quvvatlangan edi.
► Xususan, yoshlarning bilim-tajribasi oshirish va kasbiy salohiyatini yuksaltirish , mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari hamda zamonaviy “yashil energetika” loyihalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 6–8-may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida joylashgan shamol elektr stansiyasiga ilmiy-amaliy ekskursiya — press tur tashkil etildi.
Kasbiy ta‘limni oshirishga qaratilgan safar doirasida yoshlar Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan, Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta rekonstruksiya qilingan Imom Al-Buxoriy majmuasiga ham tashrif buyurdilar. Shuningdek, yoshlar uchun majmua hududida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etilib, ajdodlar merosini asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga sadoqat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
Navoi viloyati Zarafshon shahridagi joylashgan shamol elektr stansiyasiga ilmiy-amaliy ekskursiya davomida esa yoshlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari, zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalari hamda mamlakatimiz energetika tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati